Farg‘ona viloyat sudi Olimjon Haydarovga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. 1-dekabrda blogerni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm o‘zgarishsiz qoldi.
8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya beradi, deb ma’lum qildi uning ukasi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni butunlay rad etadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi bloger Olimjon Haydarovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Sud bloger Olimjon Haydarovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rishni 30-oktabrga belgiladi. Jabrlanganlar va da’vogarlar orasida Qo‘qon shahri hokimi, O‘zbekiston tumani IIB xodimi va boshqalar bor.
Huquq-tartibot idoralari iyul oyi oxirida tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan bloger Olimjon Haydarov ustidan tergovni yakunlab, ishni sudga yuborgan. Unga tuhmat va haqorat kabi yangi ayblovlari qo‘yilgan.
Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov salbiy mazmundagi maqolani tarqatmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilganlikda ayblanib, hibsga olingandi. Uning ukasi Salimjon Haydarov “Gazeta.uz”ga aytishicha, gumondorning uyida tintuv ham o‘tkazildi.
Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi, deya ma’lum qildi Farg‘ona viloyati IIB. U “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi rahbarlaridan salbiy mazmundagi maqolani internetda tarqatmaslik evaziga 10 000 dollar talab qilganlikda ayblanmoqda.
Mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzish, yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib jarimaga tortilgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, mavjud bo‘lmagan tartib bo‘yicha javobgarlikka tortish qonunga ziddir.
Bloger Olimjon Haydarov mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzganlik, yolg‘on axborot tarqatganlikda ayblanib, 21 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U yaqinda Farg‘onadagi zavod ishchilarining norozilik namoyishi aks etgan videoni e’lon qilgandi, shundan so‘ng 7 ishchi hibsga olingandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting